So’nggi yangiliklar

18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0

14 iyu 12:35
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston ketma-ket 8-marta Osiyo kubogida o'ynaydi

Biroz avval O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Bugungi Tailandga qarshi bahsdagi har qanday natija bizni va raqibimizni qita chempionatiga chiqishi uchun to'sqinlik qila olmaydi.

Biroz avval Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasidagi Falastin - Filippin uchrashuvi yakunlandi. Ushbu bahsda Falastin 4:0 hisobida g'alaba qozonib, Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Filippin 4 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinda bormoqda. 

Ayni paytda 6 ta guruhda saralash o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Har bir guruhda birinchi o'rin sohiblari va 5 ta guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Falastin o'rin olgan guruhda ikkinchi o'rin sohibi 4 ochko olishi aniq, shu bois qolgan guruhlarda 6 tadan ochkosi bor bo'lgan jamoalar qita chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. 

Ikkita o'yinda ikkita g'alabaga erishgan O'zbekiston va Tailand terma jamoalari ham Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bugungi Tailandga qarshi bahs shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi. 

SHuningdek, boshqa guruhdagi qo'shnilarimiz Qirg'iziston va Tojikiston ham Osiyo kubogiga chiqishdi! Etiborlisi Tojikiston o'z tarixida ilk bor qita chempionatida o'ynaydi!

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kuboklarida qayd etgan natijalari:

1996 - guruh bosqichi

2000 - guruh bosqichi

2004 - chorak final

2007 - chorak final

2011 - 4-o'rin

2015 - chorak final

2019 - nimchorak final

2023 - ?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing