So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

16 apr 15:07
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston professional boks federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tdi

Teglar :  G'ofur Rahimov
Poytaxtimizda O'zbekiston professional boks federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'PBF azolari mamlakatimizda professional boksni rivojlantirish bilan bog'liq bir qator muhim masalalarni muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qildilar.

Jumladan, federaciya azolari tomonidan O'PBF Ijroiya qo'mitasining yangi tarkibi, yani: federaciya raisi U.T.Yoqubov, raisning birinchi o'rinbosari G.A.Rahimov, rais o'rinbosari Z.N.Xodjiniyozovlar saylandi. Bundan tashqari, Ijroiya qo'mitasining yangi tarkibiga boks bo'yicha to'rtta Olimpiya chempionlari Muhammadqodir Abdullaev, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do'stmatov va Fazliddin G'aibnazarovlar kiritildi.

SHuningdek, federaciya faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tashkilot oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida federaciya azolari tomonidan O'PBF tarkibida yangi tuzilma –Vasiylik Kengashini tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi. Kengash raisligiga bir ovozdan Q.M. Rafikov saylandi.

Federaciya azolari O'PBF nizomini yangi tahrirda tasdiqladilar va O'zbekistonda professional boksni rivojlantirish bo'yicha kelgusidagi tadbirlarga oid masalalarni muhokama qildilar.

O'zbekiston professional boks federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing