So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

16 apr 14:51
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida sport ilmiy tadqiqotlari bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi tomonidan O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Janubiy Koreya sport fanlari instituti vakillari ishtirokida videokonferenciya shaklidagi uchrashuv o'tkazildi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

Tadbirda O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori o'rinbosari M.Arziqulov, institut tadqiqotchilari va olimlari, shuningdek, Koreya sport fanlari instituti boshqarma boshliqlari Kvon Il Kim, Xong Sun Song, etakchi professor va tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Koreya sport fanlari instituti 1980 yilda tashkil etilgan bo'lib, sport sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish, ilmiy yondashuvlar asosida milliy va xalqaro musobaqalardagi ko'rsatkichlarni yaxshilash va sport sanoatini rivojlantirish bo'yicha mamlakatdagi yagona ilmiy tadqiqot muassasasi sanaladi. Uning tarkibida bir nechta ilmiy laboratoriya va sport fanlariga bag'ishlangan qo'llanmalar yig'ilgan yirik kutubxona faoliyat olib boradi.

Uchrashuvda ikki davlat sport tadqiqotlariga ixtisoslashgan muassasalari o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalasi muhokama qilindi. Yosh iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularning jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish bo'yicha ilmiy asoslangan faoliyatni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuqori ko'rsatkichlarni qayd etishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va boshqa yo'nalishlarda fikr almashildi.

Jumladan, onlayn-muloqot ishtirokchilari O'zbekiston va Janubiy Koreyada sportni rivojlantirish va ommalashtirish sohasida olib borilayotgan davlat siyosati o'zaro o'xshashligi va shu sababli istiqbolda o'zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini takidlashdi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Janubiy Koreya sport fanlari instituti o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi. Mazkur xujjat asosida tomonlar birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, sportchilarni tayyorlash va sport siyosatini takomillashtirish sohasida tajriba almashish hamda kelajakda ikkala institut mutaxassislarining o'zaro tashriflarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing