So’nggi yangiliklar

15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0 13:39Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:17Илия Топурия: "Волкановски билан реванш? Йўқ-йўқ, биз унга бундай муносабат қилмаслигимиз керак" 0 12:55Иан Гарри Билол Муҳаммад билан жанг қилиш истагида 0 12:28"Мен унинг кўзларида қўрқув кўрдим". Илия Топурия Пимблеттнинг қўрқаётганини айтди 0 12:06“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум 0 11:42UFC шарҳловчиси ҳозирда ким энг яхши трэштокер эканлигини айтди - бу Топурия эмас 0 10:30Боб Арум Кроуфорд - Канело жанги учун тахмин билдирди 0 09:56Бугун икки боксчимиз World Boxing Кубогида рингга чиқади 0 09:35Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ 1/4 финалда! Бизни даҳшат учрашув кутмоқда + ВИДЕО 0

07 apr 10:52
Yangiliklar

Stol tennisi

Saida Mahmudova: "Biz qisman bo'lsada ko'zlagan maqsadimizga erishdik"

Teglar :  Saida Mahmudova
Kecha poytaxtimizning "Eko Park" sayilgohida 6 aprel "Xalqaro stol tennisi kuni" munosabati bilan O'zbekiston stol tennisi federaciyasi tomonidan ommaviy tadbir tashkil etildi.

Musobaqa yakunlari bo'yicha federaciya raisi Saida Mahmudovani suhbatga chorladik.

- Assalomu alaykum, Saida opa. Avvalambor, bugungi bayram muborak. Hissiyotlarga boy ajoyib tadbir uchun siz va barcha tashkilotchilarga rahmat. Ommaviy musobaqa haqidagi fikrlaringizni eshitsak.

- Vaalaykum assalom. Qutlov uchun rahmat. Sizni ham sovrindorlar safidan joy egallaganingiz bilan tabriklayman. Tadbir haqida gapiradigan bo'lsam, musobaqani tashkillashtirishimizdan maqsad, aholini sportga jalb qilish, ommaviylashtirish edi. O'zingiz guvohi bo'lganingizdek 100 dan ortiq odam musobaqada ishtirok etdi va biz qisman bo'lsada ko'zlagan maqsadimizga erishdik. Ular orasida jajji bolajonlardan tortib yoshi kattalarning ham astoydil o'ynaganlarini ko'rib sevindim. Mening fikrimcha, nafaqat professionallar, balki oddiy odamlar ham sog'lom turmush tarzi uchun stol tennisi bilan shug'ullanishi kerak.

- Aytingchi, federaciya yana shunday ommaviy tadbirlar tashkillashtira oladimi, yoki aynan ,«Jahon stol tennis kuni»da o'tkazish rejalashtirilganmi?

-Albatta, yana o'tkazish rejada bor. So'nggi yillarda biz ,«Navro'z», «Mustaqillik kuni» va «Bolalar kuni» bayramlari arafasida tashkillashtirganmiz. Yuqorida aytganimdek, bizning maqsadimiz odamlarni stol tennisi bilan shug'ullanishga jalb etish.

- Bugungi musobaqada shuni kuzatdikki, hamma o'yinda ochkolarni ishtirokchilarning o'zlari hisoblab borishdi. Va bu bazi ishtirokchilar o'rtasida tushinmovchilik ham keltirib chiqardi. Keyingi gal mana shunday musobaqada, aytaylik 2022 yil 6 aprel ,,Jahon stol tennis kuni» munosabati bilan o'tkaziladigan musobaqada o'yinni hakamlar hisoblab borishi mumkinmi? Buning imkoni bormi?

- Ha, imkoni bor. Har doim tashkillashtirgan musobaqalarimizda o'yinni hakamlar hisoblab borishadi. Faqat bugun yig'ilganlarning barchasi havaskor sportchilar bo'lgani va musobaqa erkin ruhda o'tishi, biroz bo'lsa ham ishtirokchilar stol tennis qoidalarini chuqurroq o'rganishini hisobga oldik xolos.

- Saida opa, samimiy suhbat uchun tashakkur. Federaciyaning kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz. Ko'rishguncha salomat bo'ling.

- Rahmat sizga ham. Omon bo'ling.

O'zJOKU talabasi Maftuna Toshmamatova suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing