Musobaqada hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov "Masters" guruhida, Javohir Sindarov esa "CHellenjer" guruhida dona surayotganligi haqida xabar qilgandik.
Hozircha musobaqada 4-tur o'yinlari ortda qoldi.
Nodirbek Abdusattorov 4 ta o'yindan so'ng 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgan va 3 ochkoga ega bo'lib turibdi. Guruh peshqadami Anish Giri ham 3 ochko jamg'argan.
Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga 5-tur bahslari tashkil etiladi. Unda Nodirbek norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi o'yin o'tkazadi.
"Masters" guruhidagi vaziyat bilan tanishing:
Javohir Sindarov esa 4 ta o'yindan so'ng 2,5 ochko jamg'argan. U 1 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etgan. Ayni paytda u o'z guruhida 4-o'rinni egallab turibdi.
"CHellenjer" guruhidagi vaziyat bilan tanishing: