So’nggi yangiliklar

12:03Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди 0 11:42Жон Жонс: "Асосий мақсадим — Оқ уйдаги UFC турнирида жанг қилиш" 0 11:21Ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинлари: йигит-қизларимиз футзал, волейбол ва гандбол бўйича мусобақалардаги рақибларини билиб олди 0 11:00Бокс. Бугун ЖЧда 9 нафар ҳамюртимиз рингга кўтарилади (рўйхат) 0 10:39Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади 0 10:18Зарруҳ Адашев англиялик рақиби билан илк бор юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 09:57Эркин кураш бўйича Олимпия ўйинлари совриндори Аарон Брукс уч йилга дисквалификация қилиниши айтилмоқда 0 09:36UFC Paris: жанглар орқали ким қанча ишлаб олди? 0 09:15Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин 0 08:54Шон Стрикленд Алекс Перейранинг машғулотларига қўшилди (ФОТО) 0 08:33Тошкентда кадетлар ўртасидаги Осиё Кубоги ўтказилади 0 08:12Аҳмадалиев: "Иноуэни ҳурмат қиламан, лекин..." 0 07:51ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди 0 07:30"Топурия Царукяндан қочяпти" - Ислам Махачев 0 00:28Жаҳон чемпионати: Фазлиддин Эркинбоев туркиялик рақиби устидан ишончли ғалабага эришди 0

08 sen 11:57
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Abdusattorov karvonboshi bilan o'ynadi, Afruza peshqadamlar safida

Samarqand shahri mezbonligida o'tayotgan umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 nufuzli musobaqasida 4-tur ortda qoldi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to'rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat toji uchun bo'ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.

Turnirning 4-turida Nodirbek Abdusattorov (2748) qora donalarda musobaqada 100 foizlik ko'rsatkich bilan peshqadamlik qilib kelayotgan eronlik Parham Maqsudluga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. Bu bilan OPEN turnirida ochko yo'qotmagan ishtirokchi qolmadi. 

Quvonarlisi, Nodirbek Yakubboev (2681) ham Abdusattorov singari o'z ochkolarini 3 taga etkazib oldi. U 4-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, ukrainalik grossmeyster Yuriy Kuzubov (2600)ni chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Samarqanddagi turnirni omadsiz o'tkazayotgan Javohir Sindarov (2722) uchinchi durangini qayd etdi. Uchinchi turda  kutilmaganda ukrainalik Ivan CHeparinov (2627)ga yutqazib qo'ygan Javohir kecha 4-turda qora donalarda belgiyalik Daniel Dardha (2624) bilan murosaga keldi. 

Bu turda shaxmatchilarimizdan Muhiddin Madaminov (2560) armanistonlik SHant Sargsyan (2653)ga, Abdimalik Abdisalimov (2488) serbiyalik Velimir Ivich (2630)ga, Ortiq Nig'matov greciyalik Nikolas Teodoru (2646)ga, Jahongir Vohidov serbiyalik Aleksandar Injich (2650)ga imkoniyatni boy berdi. Muhammadzohid Suyarov (2482) va SHamsiddin Vohidov (2645) 4-turda raqiblari bilan durang o'ynashdi. 

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju (2767) hind derbisida Arjun Ergaisi (2771) bilan durangga imzo chekdi. Rameshbabu Praggnanandha (2785) amerikalik Mishra Abhimanyu (2611) bilan durang o'ynadi. Beshinchi tur oldidan Parham Maqsudlu 3,5 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi. O'n uch nafar ishtirokchi hisobida 3 tadan ochko bor. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Mishra Abhimanyu va turkiyalik Yagiz Erdogmuz kuchli uchlikdan joy olishgan. Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan 8, Nodirbek Yakubboev 13-o'rinni band etgan. 

WOMENS, yani ayollar guruhida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova (2372) reytingda o'zidan yuqorida borayotgan ukrainalik Yuliya Osmak (2478) bilan durang o'ynadi. Afruza Hamdamova amerikalik grossmeyster, bir necha karra AQSH chempioni Irina Krishni mag'lub etishni uddaladi va ochkolarini 3 taga etkazib oldi. Madinabonu Xalilova (2148) bu turda qozog'istonlik Kseniya Balabaeva (2383) bilan murosaga keldi. Umida Omonova (2252) qora donalarda o'ynaganiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida turgan gruziyalik Meri Arabidze (2444)ni mag'lub etishni uddaladi. Guldona Karimova (2324) bolgariyalik grossmeyster, jahon chempioni Antoanetta Stefanova (2395)ga yutqazib qo'ydi.   

WOMENS guruhida 4-turdan keyin FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Katerina Lagno (2505) va hindistonlik Rameshbabu Vayshali (2452) 3,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Ozarbayjonlik Ulviya Fatalieva (2385), germaniyalik Dinara Vagner (2400), hamyurtimiz Afruza Hamdamova, bolgariyalik Antoanetta Stefanova va ruminiyalik Irina Bulmaga (2400) hisobida 3 tadan ochko bor. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing