So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

07 sen 19:03
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze: "Penaltilar seriyasiga tayyormiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga "CAFA Nations Cup-2025" musobaqasining finalida Eron bilan kuch sinashadi.

Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi. Unga Jamshid Iskanderov hamrohlik qildi. 

"Ertaga final. Yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Guruh bosqichi qiziqarli o'yinlarga boy bo'ldi. Xudoga shukur finaldamiz. Finalda ham yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi Kapadze. 


"Kayfiyat yaxshi. Ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi Jamshid Iskanderov. 

- Eronni qanchalik o'rganib chiqdinglar? Ularda ham jarohat olganlar futbolchilar bor. Bu ertaga qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz? 

- Eronni yaxshi bilamiz, yaxshi jamoa. Ularda ham kamchiliklar bor. Nasib bo'lsa o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Nafaqat Eron balki barcha jamoalarda jarohatlar bo'ldi. 

- Ertaga penaltilar seriyasi bo'lsa jamoa bunga tayyor bo'ladimi? 

- Penaltilar seriyasiga har taraflama tayyorgarlik ko'rish kerak. Agar vaziyat shunday bo'lsa unga tayyor bo'lamiz. 

- SHomurodov oxirgi o'yinlarda gol ura olmayapti. Sergeev esa ikkita o'yinda zaxiradan tushib ikkita gol urdi. Balki ertaga Sergeev asosiy tarkib tushar? 

- Eldor tarkibimizga kechroq keldi. Albatta Sergeevdek hujumchimiz borligidan xursandman. Futbol 90 daqiqa davom etadi. SHunday ekan ikkala taymda ham yaxshi hujumchi o'ynashi kerak. 

- O'zbekistonning o'yinlariga kutilganidan kam muxlis kelmoqda. Ertaga stadionga ko'proq muxlis kelishiga ishonasizmi? 

- Menimcha, stadion shahardan uzoq bo'lgani uchun kamroq muxlis keldi. Eron bilan o'yinda stadion to'la bo'lsa kerak. Futbolchilar shuni kutmoqda va bizga muxlislar daldasi kerak. Har holda ertaga final.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing