09 sen 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarruh Adashev angliyalik raqibi bilan ilk bor yuzma-yuz keldi (VIDEO)
Xabar berganimizdek, ertaga BAAning Al Ayn shahrida aralash yakka kurash bo'yicha UAE Warriors 63 musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqada ikki hamyurtimiz — Zarruh Adashev va Habib Gaziev oktagonga ko'tarilishadi.
Kecha turnir oldidan rasmiy face to face marosimi o'tkazildi. Unda Adashev 30 yoshli angliyalik raqibi Lyuk SHenks bilan uchrashdi.
Lyuk MMAdagi faoliyati davomida 10 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan.
Zarruh Adashev esa UFC'da 4 ta jang o'tkazib, 1 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Dunyoning eng kuchli ligasidagi so'nggi jangini 2022 yilning 5 iyun kuni UFC Fight Night turniri doirasida yamaykalik Ode Osbornga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar