11 sen 08:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarruh Adashev uch yillik tanaffusdan keyin oktagonga qaytdi + FOTO
Kecha oqshom Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida aralash yakkakurash bo'yicha UAE Warriors 63 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida hamyurtimiz Zarruh Adashev angliyalik 30 yoshli Lyuk SHenksga qarshi oktagonga chiqdi. To'liq uch raund davom etgan jangda Adashev hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Takidlash joiz, sobiq UFC jangchimiz uch yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytdi. Al-Ayndagi turnirda yana bir hamyurtimiz Habib Gaziev ham o'z jangini o'tkazdi va afsuski, rossiyalik Magomed Tuchalovni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar