30 jan 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik MMAchi qiz Abu-Dabida jang qiladi (POSTER)
Ertaga, 31 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida MMA bo'yicha UAE Warriors 67 turniri tashkil etiladi.
Turnirda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Zulfiya Qurbashova ham oktagonga chiqadi. Unga Niderlandiya vakilasi Benita van Royning raqiblik qilishi belgilangan. Jang 55 kg vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Zulfiya faoliyati davomida hozirgacha 6 ta jang o'tkazib, uchtadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan. Benita hisobida esa 6 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar