09 sen 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadaliev: "Inoueni hurmat qilaman, lekin..."
O'zbekistonlik professional bokschi, ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliev bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"Men barcha kamarlarni qo'lga kiritib, O'zbekiston tarixidagi ilk mutlaq jahon chempioni bo'lib, tarix yarataman. Naoya Inoue va uning yutuqlariga hurmatim baland, lekin hozir mening vaqtim", deya fikrlarini bildirib o'tgan Ahmadaliev.
Murodjon 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida ikkinchi eng engil vaznning yaponiyalik mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar