10 sen 12:45
Yangiliklar

FIDE Grand Swiss 2025. Bu safar Sindarov deyarli 8 soatlik o'yin o'tkazdi. Afruza Top-10`talikda
Turnirning 6-turida Nodirbek Abdusattorov (2748) qora donalarda isroillik Maksim Rodshteyn (2645) bilan durangga imzo chekdi. Nodirbek Yakubboev (2681) ham bu turda murosa yo'lini tanladi. U hindistonlik Pranav bilan ochkolarni bo'lishib oldi.
Samarqanddagi turnirni omadsiz o'tkazayotgan Javohir Sindarov (2722) BAA shaxmatchisi Salem Saleh (2640) bilan durang qayd etdi.
Oltinchi turdan keyin eronlik Parham Maqsudlu (2692) 5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Besh nafar grossmeyster hisobida 4,5 ochkodan bor. Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 13-o'rinni egallab turibdi.
WOMENS, yani ayollar guruhida hamyurtlarimizdan birgina Afruza Hamdamova ochko oldi. U qozog'istonlik grossmeyster Bibisara Assaubaeva (2505) bilan durang o'ynadi. Qolgan shaxmatchi qizlarimiz bu turda raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.
Fikrlar