10 sen 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Oltinoy Sotimboeva JCHda chorak final jangini o'tkazdi
Liverpuldagi Jahon chempionatida chorak final bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqada +80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Oltinoy Sotimboeva chorak final jangini hindistonlik Nupurga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda afsuski Oltinoy Sotimboeva 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa, bokschimiz musobaqani medalsiz yakunlaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Oltinoy bungacha ilk jangini ukrainalik raqibasiga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar