10 sen 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonda JCH-2025dagi ilk yo'qotish - Nigina O'ktamova AQSH sportchisiga yutqazdi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining chorak final bellashuvlari boshlandi.
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O'ktamova chorak finalda AQSH vakilasi Yoselin Peresga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski Nigina O'ktamova 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Nigina bungacha Qozog'iston va Vengriya vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun yana 13 nafar bokschimiz JCH chorak finali doirasida jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar