10 sen 19:21
Yangiliklar
Boks/MMA

JCH-2025. Javohir Ummataliev qozog'istonlik Jahon chempionini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning chorak finali doirasida -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev qozog'istonlik Nurbek Oralbayga qarshi jang qildi.
To'liq davom etgan jangda Javohir 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
Bungacha Javohir Polsha va Janubiy Koreya bokschilarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Malumot uchun, Nurbek Oralbay Jahon chempioni, shuningdek Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar