10 sen 18:17
Yangiliklar
Qilichbozlik

Kadet qilichbozlarimiz Osiyo kubogida hozircha 3 ta medalga ega chiqishdi
Avval xabar berganimizdek, Toshkentda shu kunlarda qilichbozlik bo'yicha o'smir kadetlar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'tkazilmoqda.
Unda 11 mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportchi bahs olib boryapti.
Dastlabki kun qilichbozlar rapira bo'yicha yakkalik yo'nalishida bellashishdi. Qizlar o'rtasida kechgan bahslarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldilar. Yigitlarimizga esa biroz omad etishmadi.
Oltin medal:
Salima Ro'zieva.
Kumush medal:
Bibiaisha Husanboeva.
Bronza medal:
Perizat Mauinbergenova.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar