So’nggi yangiliklar

07:27UFC раҳбарияти Царукянга жанг муддати ва рақибларини маълум қилди 0 18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0

20 iyu 08:32
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze: "Bu bizga katta maktab bo'ldi"

U-23 Osiyo Kubogi O'zbekiston – Saudiya Arabistoni final uchrashuvidan keyin O'zbekiston bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugun g'alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so'rayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz. 

– Bo'rievning o'yin davomidagi harakatlari xususida nima deya olasiz?

- U o'yin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun o'yin qiyin bo'ldi. Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman. Bu bizga katta maktab bo'ldi, bu mag'lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo'lamiz deb umid qilaman.

- CHarchoq borasida

– Albatta, bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa, finalchilarda. CHunki uzoq yo'l bosib o'tiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qilishdi.

Bizning bu jamoani tashkil qilganimizdan asosiy maqsad – Olimpiada. Biz bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan bo'lsak ham, yaxshi natija qayd eta oldik deb o'ylayman. Bu turnir futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan ko'rib oldik. Bolalar zo'r o'ynadi, men ular bilan faxrlanaman.

Bir o'yinda qaysidir futbolchi yaxshiroq o'ynadi, qaysidirida esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yanada o'sishimiz kerak.

Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. O'yin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. To'g'ri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing