Bosh sahifa
12 sen 16:11 Boks/MMA

"Uni nokautga uchratish uchun barcha ishni qilaman". Saul Alvares - Kroufordga qarshi jang haqida

Meksikalik boks yulduzi Saul "Kanelo" Alvares o'z fikrlarini bildirdi.

U sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford qarshi chiqadi. Jangda super o'rta vaznda mutlaq chempionlik o'rtada bo'ladi.

"Men har kuni mashg'ulot qilyapman. O'zim yoqtirgan ishni qilyapman, boksni yaxshi ko'raman. Bu men uddalaydigan yana bir sinov. Men jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rdim. 

Mening barcha kuchli tomonlarimni ko'rasiz. Krouford — eng kuchli jangchilardan biri. Lekin men uni nokaut bilan yutish uchun qo'limdan kelgan hammasini qilaman. Sizga buni ko'rsataman", — dedi Alvares matbuot anjumanida.

Manba : BoxingScene
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar