12 sen 13:23
Yangiliklar

Terens Krouford: Mag'lubiyat? "Kanelo" ham, men ham Boks shon-shuhrat zalida bo'lamiz"
Amerikalikning fikricha, ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi jang natijasi har ikki bokschining tarixdagi o'rniga salbiy tasir o'tkazmaydi.
"Birinchidan, g'alaba aniq meniki bo'ladi, - dedi Krouford jurnalistlar bilan suhbatda. - Men albatta yutaman. Ammo shu bilan birga, menimcha, mag'lubiyat mening yoki "Kanelo"ning kelajagiga hech qanday dog' tushirmaydi. O'ylaymanki, men ham, "Kanelo" ham birinchi urinishdayoq Boks shon-shuhrat zaliga kiramiz. Bu jang qanday natija bilan tugashidan qati nazar, biz baribir ertami-kech, SHon-sharaf zalida bo'lamiz. Fikrimcha, bu asosiy maqsad - bizdan oldin o'tgan buyuk bokschilar qatoriga kirish, boksda erishgan barcha yutuqlarimiz uchun SHon-sharaf zaliga kirish".
Fikrlar