12 sen 07:27
Yangiliklar

"Kanelo" chempionlik jangi tashkilotchisini Kroufordga xayrixohlikda aybladi
Oqshomning asosiy jangida ikkinchi yarim o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tariladi.
Meksikalik 35 yoshli "Kanelo" amerikalik 37 yashar Kroufordga qarshi kechadigan jang oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida turnir tashkilotchisi - Saudiya Arabistoni Ko'ngilochar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-SHayxga ayblov qo'ydi. Saul Turkini bo'lajak jangda Kroufordga xayrixoh bo'layotganlikda aybladi.
Turki: Ushbu jangda Terens navbatdagi mutlaq chempionlik unvonini qo'lga kiritishi mumkin.
Kanelo: Sen shuni istaysan.
Turki: Men shuni aytishim kerak edi.
Malumot uchun, Alvares - Krouford jangi g'olibi ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvonini qo'lga kiritadi.
Fikrlar