12 sen 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford Madrimov bilan og'ir o'tgan jangi haqida: "Kanelo ham oxirgi jangida shou ko'rsatgani yo'q"
Prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Terens Krouford ikkinchi o'rta vaznning mutlaq chempioni Saul Alvares bilan bo'lajak jangi oldidan so'nggi bahsini esladi.
"Quloq solinglar, aytganimdek, men o'tib ketgan voqeliklar haqida gapirmoqchi emasman. Bugungi kun va kelajak haqida gaplashamiz.
Kaneloning ham oxirgi jangi oson o'tmadi. Agar kimdir mening so'nggi chiqishim haqida gapirayotgan bo'lsa, keling yaxshisi, Saulning oxirgi jangini ko'rib chiqamiz", dedi Krouford.
Terens so'nggi bor o'tgan yilning avgust oyida hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar