25 may 16:07
Yangiliklar
SHaxmat
12 yoshli Egiz 35 yil saqlanib turgan rekordni yangiladi
Grenke Chess Open 2024 turnirida tarixiy natija qayd etildi.
Turkiyalik iqtidor egasi Egiz Kaan Erdogmush ushbu turnirda grossmeyster talabini bajarishga muvaffaq bo'ldi. Erdogmush 12 yoshu 9 oy 29 kunligida grossmeyster bo'ldi. Bu bilan u 35 yil davomida saqlanib turgan rekordni ham yangiladi.
Bundan avvalgi rekord vengriyalik ayol shaxmatchi Yudit Polgarga tegishli edi. O'n uch yoshigacha grossmeyster bo'lgan dunyo shaxmatchilarining Top-10`taligida hamyurtimiz Javohir Sindarov ham bor.
Havola :
Fikrlar