22 jan 18:37
Yangiliklar
18 000 dollarlik "Markaziy Osiyo kubogi"da SHamsiddin Vohidov peshqadam bo'lib turibdi + FOTO
Turnirda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistondan 57 nafar shaxmatchi g'oliblik uchun bahsga kirishgan. Musobaqaning 6 ta turi ortda qoldi. Uning natijalariga ko'ra, hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko to'plagan holda peshqadam bo'lib turibdi. Peshqadamdan keyingi o'rinlarni 7 nafar shaxmatchi egallagan. Barchasida bir xil natija: 4,5 ochko. Ular Ortiq Nig'matov, Saidakbar Saydaliev, Bobir Sattorov (O'zbekiston), Azamat Utegaliev, Ramazon SHalmaxanov, Murtas Kashgaliev (Qozog'iston), Mustafaxo'ja Xusenxo'jaev (Tojikiston).
Qizlar orasida 4 ochko bilan Nilufar Yoqubboeva (O'zbekiston) peshqadamlikni saqlab turibdi.
"Markaziy Osiyo kubogi" 24 yanvarga qadar davom etadi.
Bellashuvlardan suratlarni tomosha qiling.
Muallif: Alimurod Mamadaminov
Fikrlar