04 apr 07:09
Yangiliklar
Tennis
18 yoshli Alkaraz Mayamini zabt etdi
Ikki hafta davomida AQSHning Mayami shahrida o'tkazilgan "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 16-pog'onadan joy olib turgan ispaniyalik 18 yoshli Karlos Alkaraz dunyoning 8-raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqdi.
Bir yuz o'n daqiqa davom etgan bahsda Karlos raqibini 7/5, 6/4 hisobida mag'lub etib, Mayami "Masters" bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Uchrashuv davomida Alkaraz 6 ta, Ruud esa 5 ta eys zarbasini ijro etdi.
Tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvida ham ispaniyalik iqtidor egasi g'alabaga erishdi. Alkaraz ikki haftalik mehnati evaziga 1000 reyting ochkosi hamda 1,231,245 dollar mukofot puliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar