So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

29 dek 07:49
Yangiliklar

SHaxmat

18 yoshli Murzin rapid bo'yicha jahon chempioni! Javohir Top-6`ga kirgan jahon chempionatida shaxmatchilarimiz qanday natija qayd etishdi?

SHu kunlarda AQSHning Nyu-York shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyo birinchiligining uchinchi kuni rapid bo'yicha so'nggi 3 ta tur partiyalari o'ynaldi. Jahonning ko'zga ko'ringan shaxmatchilari qatori O'zbekiston terma jamoasining etakchi grossmeysterlari ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishdi. Blic va rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen 8-turdan keyin musobaqani tark etgandi. SHu bois, har ikki yo'nalishda ham yangi chempion aniqlanar edi.

Kutilmaganda rapid bahslarida 18 yoshli Volodar Murzin (2588) nomdor raqiblarini ortda qoldirib, jahon chempioniga aylandi. FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rossiyalik iqtidor egasi 13 imkoniyatdan 10 ochko jamg'arib, chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Rapid bahslarida 59-raqam ostida tasniflangan Murzin so'nggi 13-turda armanistonlik Karen Grigoryan bilan murosaga keldi va bu natija uning jahon chempionligi uchun etarli bo'ldi.  

Etiborlisi, uchchala sovrinli o'rin ham rossiyalik shaxmatchilarga nasib etdi. Aleksandr Grishuk (2675) 9,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, shuncha ochkoga ega Yan Nepomnyashiy (2758) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Olti nafar ishtirokchi 9 ochkodan jamg'ardi. Ular orasida Javohir Sindarov (2655) ham bor. Hamyurtimiz 11-turda Nikolas Teodorou bilan murosaga keldi, 12-turda Andrey Volokitinni, so'nggi 13-turda reytingda o'zidan ancha yuqorida borayotgan polshalik taniqli grossmeyster Yan-Krishtof Dudani mag'lubiyatga uchratdi. Javohirning sovrinli o'rinlardan birini egallashi uchun yarim ochko etmay qoldi. Yan Nepomnyashiy bilan o'zaro uchrashuvdagi mag'lubiyat unga pand berib qo'ydi.  

Sovrinli o'rinlar uchun davogarlar qatorida etirof etilgan Nodirbek Abdusattorov (2740) rapid bo'yicha jahon chempionatini ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. U so'nggi kungi 3 ta partiyadan 2 tasida mag'lubiyat qayd etib, Top-10`talikdan chiqib ketdi. Nodirbek 13 imkoniyatdan 8 ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 28-o'rin bilan cheklandi. Abdusattorov rapid bahslarida 9-raqam ostida tasniflangan edi. 

Qolgan shaxmatchilarimiz egallagan yakuniy o'rinlariga to'xtaladigan bo'lsak, Jahongir Vohidov 7,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 48, Muhiddin Madaminov 7 ochko bilan 86, SHamsiddin Vohidov esa 5,5 ochko bilan 131-o'rin bilan kifoyalandi. 

Malumot uchun, ertadan blic, yani tezkor shaxmat bo'yicha jahon chempionati boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing