So’nggi yangiliklar

10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0

30 dek 16:27
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Og'ir atletika, Taekvondo

2022 yil yakunlariga ko'ra sportchi va murabbiylar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi FOTOGALEREYA

Teglar :  Otabek UmarovMOQ
Yakuniga etib borayotgan 2022 yil o'zbek sporti uchun ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi desak yanglishmaymiz.

Yakuniga etib borayotgan yil o'zbek sporti uchun ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi. Sportchilarimiz Osiyo va jahon chempionatlari, kompleks musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, Vatanimizga yorug' yuz bilan qaytishdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun O'zbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4056 Farmoniga asosan har yili Olimpiya va Paralimpiya sport turlarida kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan trenerlar bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishadi. 

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasida 2022 yil dunyo birinchiliklarida shohsupaga ko'tarilgan sportchi va trenerlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Adham Ikramov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, MOQ raisi o'rinbosarlari Ravshan Irmatov va Azizjon Kamilov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, federaciya va associaciyalarning masullari, sportchi va murabbiylar, faxriylar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida o'zbek sportining 2022 yilgi g'alabalariga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi. SHundan so'ng Adham Ikramov so'z olib, yurtimiz sportining ahil oilasini kirib kelayotgan yangi yil bilan qutladi. SHuningdek, vazir ortda qolgan yil sarhisobi haqida to'xtalib, davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan yil sportimiz uchun omadli va muvaffaqiyatli o'tgani, kelgusi yil ham mana shunday g'alabalar bardavom bo'lishi tiladi.

SHundan so'ng taqdirlash marosimiga navbat berildi. Unga ko'ra, jahon chempionatlarida oltin medalni qo'lga kiritgan sportchilarimiz 12 000, kumush medal sohiblari 6 000 va bronza medali egalari 3 000, murabbiylar ham mos ravishda 6 000, 3 000 va 1500 AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

O'z navbatida, sportchi va murabbiylarimiz davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan bunday etibor va g'amxo'rlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, kelgusida ham bildirilgan ishonchni oqlashga vada berishdi.

SHuningdek, taqdirlash marosimi doirasida “Milliy sport mukofoti-2022”ning “Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi” nominaciyasi g'olibi Osiyo Olimpiya kengashiga atalgan sovrin tantanali ravishda tashkilotning mamlakatimizdagi vakili, OOK vice-prezidenti Otabek Umarovga topshirildi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan tadbirni faxriylarimizning oq fotihasi yakunlab berdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing