03 dek 10:38
Yangiliklar
2023 yilda Portugaliya Gran-prisi "Formula-1" taqvimida Xitoy bosqichi o'rnini egallaydi
2023 yilda SHanxaydagi bosqich kovid tufayli so'roq ostida qolayotgandi. "Formula-1" Xitoy Gran-prisi o'rniga boshqa bosqichni o'tkazadimi yoki shunchaki taqvimni 23 poygaga qisqartiradimi, umuman aniq emas edi.
Natijada, "Formula-1" Xitoy bosqichi o'rniga Portugaliya Gran-prisini o'tkazadi. Portimaodagi poyga SHanxay bosqichi o'rnini egallaydi va 16 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Bu malumotni Portugaliya televideniesidagi "Formula-1" sharhlovchisi Joau Karlos Kosta malum qildi:
“Rasmiy xabar tez orada elon qilinadi. Bir nechta tafsilotlarni hal qilish kerak va elon FIA Jahon kengashining 9 dekabrdagi yig'ilishidan oldin elon qilinadi. Barcha portugal muxlislari uchun ajoyib Rojdestvo sovg'asi",-degan sharhlovchi.
Malumot uchun, Portugaliya Gran-prisi 2020 va 2021 yilgi mavsumda bo'lib o'tgan.
Fikrlar