13 okt 19:35
Yangiliklar
Formula-1
Formula-1 Ruandada Afrika Gran-prisini o'tkazadi
Formula-1 Ruandada Afrika Gran-prisini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishilganini malum qildi.
Musobaqa matbuot xizmati xabariga ko'ra, kelishuv 10 yilga mo'ljallangan. Ruandadagi bosqichni Formula-1 taqvimiga 2030 yillarning boshida kiritish rejalashtirilmoqda.

Musobaqalarni o'tkazish uchun mamlakatda doimiy avtodrom quriladi.
Formula-1ning Afrikadagi Gran-prisi so'nggi bor 1993 yilda Janubiy Afrika Respublikasida o'tkazilgan edi.

Havola :
Manba : instagram.com/f1
Fikrlar