28 may 15:52
Yangiliklar
2026/2027 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasining to'qqizta jamoasi evrokuboklarda ishtirok etadi
"Kristal Pelas" o'z tarixidagi ilk evrokubok sovrinini qo'lga kiritganini nishonlamoqda. London klubi finalda "Rayo Valekano"ni minimal 1:0 hisobida mag'lub etib, Konferenciyalar ligasi g'olibiga aylandi. SHu tariqa, "Kristal Pelas" nafaqat sovrinni qo'lga kiritdi, balki 2026/2027 yilgi mavsum uchun Evropa ligasi yo'llanmasiga ham ega bo'ldi. "Burgutlar" Premer-ligada 15-o'rinni egallab, chempionat orqali evrokuboklarga yo'llanma ololmagan edilar.
2026/2027 yilgi mavsumda CHempionlar ligasida "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa" va "Liverpul" jamoalari ishtirok etadi. Evropa ligasida "Bornmut", "Sanderlend" va "Kristal Pelas" to'p suradi. Konferenciyalar ligasida esa "Brayton" klubi o'ynaydi.
Fikrlar