14 okt 16:16
Yangiliklar
Engil atletika
2027 yilgi Brilliant Ligasi taqvimi elon qilindi
Wanda Brilliant Ligasining 2027 yilgi, 18-mavsum taqvimi elon qilindi.
Musobaqa 7 may kuni Dohadagi bosqich bilan boshlanadi, mavsum finali esa 25–26-avgust kunlari Cyurixda o'tkaziladi.
Yakuniy bosqichda "olmos sovrin" egalari aniqlanadi.
O'zbekistonlik engil atletikachi Anvar Anvarov Brilliant Liga bosqichlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. U 2025-yilda Lozannadagi bosqichda g'olib chiqqan edi.
2027 yilgi mavsum Doha, SHanxay/Kecyao, Syamen, Rim, Rabot, Oslo, Stokgolm, Parij, Yujin, Monako, Lozanna, London, Sileziya va Bryusseldagi bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Mavsum taqvimi quyidagicha:
- 7 may — Doha
- 15 may — SHanxay/Kecyao
- 22 may — Syamen
- 27 may — Rim
- 30 may — Rabot
- 3 iyun — Oslo
- 6 iyun — Stokgolm
- 25 iyun — Parij
- 3 iyul — Yujin
- 9 iyul — Monako
- 13 iyul — Lozanna
- 17 iyul — London
- 15 avgust — Sileziya
- 20 avgust — Bryussel
- 25–26 avgust — Cyurix, final.
Havola :
Manba : uzathletics.uz
Fikrlar