19 dek 07:52
Yangiliklar
21 yashar hamyurtimiz Rossa Racing tarkibida Dubaydagi 24 soatlik poygada ishtirok etadi + FOTO
Bu haqda Rossa brendi asoschisi Roman Rusinov o'zining telegram-kanalida xabar berdi.
Poygaga Rossa LM GT avstomobili qo'yiladi. SHuningdek, ekipaj tarkibida chidamlilik poygalarining ko'p karra chempioni, Rossa brendi asoschisi Roman Rusinov, BAAlik avtopoygachi Amna Al-Kubaisi va yosh pilot Vyacheslav Gutak ham bo'ladi. 21 yoshli Ismoil Ahmedxo'jaev uchun bu Dubaydagi bir kunlik marafondagi debyut poyga bo'ladi.
Rossa LM GT avtomobili birinchi marta shu yilning yanvar oyida "24 soat Dubay" poygasida taqdim etilgan va darhol yuqori tezlikni ko'rsatib, poul-poziciyani egallagandi. Debyutdan so'ng model avtosport hamjamiyatida katta qiziqish uyg'otdi.
Bu galgi "24 soat Dubay" poygasi 2026 yilning 17-18 yanvar kunlari o'tkaziladi.


Fikrlar