22 jan 17:27
Yangiliklar
Futbol

23 oylik qamoq jazosiga tortilgan Ronaldu katta miqdorda jarima to'laydi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2011-2014 yillarda soliq to'lashda sodir etgan jinoyatlari uchun aybdor deb topildi.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalik forvard 23 oylik qamoq jazosiga tortildi. Ispaniya qonunchiligi Ronaldu jazoni qamoqda o'tamasligini malum qildi. Qonunga ko'ra, jazo ikki yildan oshmasa, hukm bekor qilinadi.
Evaziga Krishtianu 18,8 million evro miqdorida jarima to'laydi. Aynan shu sabab Krishtianu Ronaldu Ispaniyada bo'lib turibdi.
Tergovchilarning so'zlariga ko'ra, Ronaldu 2011 yildan 2014 yilgacha soliq to'lashning 4 hil holatida jinoyat sodir etib, davlatga 14,7 million evro zarar keltirgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar