So’nggi yangiliklar

09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0

18 sen 07:46
Yangiliklar

Boshqalar

"3000 so'mni ham ko'p ko'rishdi". 1hls.uz ilovasida foydalanuvchilarga pul to'lash to'xtatildi

1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga po'l to'lash vaqtincha to'xtatildi.

"O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Sog'lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 253-sonli qaroriga muvofiq, aholini kunlik yurish va yugurishga targ'ib qilish bo'yicha “Sog'lom turmush tarzi” platformasi, yani www.1hls.uz veb-sahifasi hamda mobil ilovasi ishga tushirilgandi.

Mazkur platforma bo'yicha joriy yil 10 iyundan-13sentyabrga qadar bir sutka davomida o'n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd. so'm mablag'lar to'lab berildi.

SHuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 300 ming so'mdan, har bir hudud bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 500 ming so'm, respublika bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga qo'shimcha ravishda 1 mln. so'm to'lanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. so'm mablag' foydalanuvchilar elektron hamyoniga o'tkazib berildi.

Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G'aznachiligida ochilgan shaxsiy g'azna hisobvarag'iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir meyorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy g'azna hisobvarag'ida 500,0 mln. so'mdan kam mablag' qolsa, mobil ilova bo'yicha foydalanuvchilarga to'lovlar, ushbu shaxsiy g'azna hisobvarag'ida 5,0 mlrd. so'mgacha mablag' yig'ilgunga qadar avtomatik tarzda to'xtatilishi belgilab qo'yilgan.

Bunda, shaxsiy g'azna hisobvarag'idagi mablag'lar 5,0 mlrd. so'mga etgunga qadar mobil ilovada o'n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to'lanadigan to'lovlar to'lanmasligi ko'rsatib o'tilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, joriy yil 14 sentyabrdan boshlab mobil ilova bo'yicha foydalanuvchilarga to'lovlar vaqtincha to'xtatilganligini malum qilamiz", - deyiladi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Reyting: -2   

Fikrlar

+1   
18 sen 08:40:07
Natan_Ake
Shunaqa qilib xalqni ishontirib ohirida chiday olishmaydi. Avaz Olimovni Ishontirib o‘zingga, sen erka qiz aldading degan qo‘shig‘i mavzu bop bo‘lib turbdi
   
18 sen 13:35:45
Muhammadjon Nigmatullayev
Nima kerak negativ hammamiz òzbekmizku 3000sòm bilan boy bòlib qolmaymiz davlatimiz raxbarlarini ham tòģri tushunish kerak. Pastkash bòlmanglar 10000 qadam yursangiz òzingizga foyda. Aqlni ishlatib kòringlar agar hammangiz faqat òzingizni emas balki davlatni ham ozroq òylaganingizda davlatimiz ancha tez rivojlanar edi.
   
18 sen 09:42:24
SHaxrihon
Бу аник Эди. Канча пул кетади. Етказиб бера олмайдида
   
18 sen 08:25:54
M.Firdavs
Zor
   
18 sen 08:19:50
Natan_Ake
Ohirgi payt chiqib ketorib oshibka berorib zb qiganidan malum edi.
   
18 sen 08:18:19
Natan_Ake
Ehhh
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing