So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

23 may 09:37
Yangiliklar

SHaxmat

Chess Classic Romania 2026. Sindarovda ketma-ket ikkinchi g'alaba. Bugun chempionlik uchun partiyalar!

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida tashkil etilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 8-tur partiyalari o'ynaldi.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin uchun kurash olib boryapti. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 8-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, musobaqa peshqadamlaridan niderlandiyalik Yorden van Forestni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Ketma-ket ikki g'alaba shaxmatchimizni chempionlik poygasiga qo'shilishiga xizmat qildi.  

Ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik niderlandiyalik Anish Girini taslim etdi. Sakkizinchi turning qolgan partiyalari durang natija bilan yakunlandi. Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha franciyalik Maksim Vashe-Lagrav, germaniyalik Vinsent Keymer amerikalik Fabiano Karuana bilan murosaga kedi. Musobaqadan chiqib ketgan franciyalik Alireza Firuzdjaning raqibi amerikalik Uesli Soga texnik g'alaba yozildi. 

So'nggi tur oldidan Fabiano Karuana va Vinsent Keymer 5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilyapti. Kechagi g'alabasi evaziga Javohir Sindarov ochkolarini 4,5 taga etkazib oldi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi o'ringa ko'tarildi. Javohirning bugungi raqibi Uesli So, shuningdek, Yorden van Forest hisobida ham 4,5 ochkodan bor. 

Bugun so'nggi 9-turda Javohir Sindarov oq donalarda amerikalik Uesli Soga qarshi bahs olib boradi. Agar bugun ham hamyurtimiz g'alaba qozonsa, u holda aniq sovrinli o'rinlardan birini egallaydi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing