02 iyu 11:02
Yangiliklar
Boshqalar
33 mamlakat sport vazirlari Rossiya va Belarusni musobaqalardan chetlatish kerak deb hisoblaydi
Polsha sport va turizm vaziri Kamil Bortnichukning aytishicha, u 32 mamlakatdagi hamkasbi bilan birga Rossiya va Belarusga sankciya kiritish bo'yicha hujjatga imzo chekkan.
"Biz Rossiya va Belarus sport federaciyalarining xalqaro sport tashkilotlariga azoligini to'xtatishni, ushbu mamlakat vakillarini xalqaro federaciyalarda rahbarlik lavozimidan chetlatishni, shuningdek ular hududida xalqaro sport musobaqalari translyaciyalarini to'xtatishni talab qilamiz", - dedi Bortnichuk.
Polshadan tashqari Evroittifoqning 24 mamlakati, Britaniya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Norvegiya va Kanada ham ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar