22 avg 10:11
Yangiliklar
35 yoshli tennischi Cincinnatida bosh sovrin sohibasi bo'ldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik 35 yoshli Karolin Garsiya WTA reytingida 28-pog'onadan joy olgan chexiyalik Petra Kvitovani 6/2, 6/4 hisobida mag'lub etib, bosh sovrin sohibasiga aylandi.
To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda Garsiya 11, Kvitova esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yishdi. Karolin kechagi g'alabasi evaziga o'zaro uchrashuvlardagi hisobni minimal darajaga qisqartirdi - 4:5.
Etiborga molik jihati shundaki, Karolin saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib, yakunda musobaqa chempioni bo'lgan ilk tennischiga aylandi. Western & Southern Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Garsiyaga 900 reyting ochkosi hamda 412,000 dollar mukofot puli keltirgan.
Fikrlar