14 avg 13:34
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2925_220.jpg)
37 yoshli Ivo Karlovich Los-Kabos turniri g'olibi!
Xorvatiyalik tennischi Ivo Karlovich Meksikaning Los-Kabos shahrida yakunlangan turnir g'olibiga aylandi.
U hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Felisiano Lopesni mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 23 daqiqa davom etgan final bahsida 7:6(3), 6:2 hisobi qayd etildi.
Ushbu muvaffaqiyat Ivo Karlorvichga 128,200 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. 37 yoshli Karlovich dunyo reytingida 24, 34 yoshli Lopes esa 18-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar