04 apr 21:04
Yangiliklar
Futbol

43 million evro! Agentlarga eng ko'p pul to'lagan klub nomi malum qilindi
Angliya Premer-ligasi klublarining o'tgan yili agentlarga to'lagan mablag'i miqdori malum bo'ldi.
Agentlarga eng ko'p pul to'lagan klub - "Liverpul". Ular 2018 yilda futbolchilar vakillariga 43,8 mln. evro o'tkazib berishgan. Mavsumlar oralig'ida "qizillar" darvozabon Alisson, yarim himoyachilar Nabi Keyta va SHerdan SHakirilarni xarid qilishdi.
Agentlarga to'langan pullar bo'yicha "CHelsi" ikkinchi (26,9 mln. funt), "Manchester Siti" uchinchi (24,1 mln. funt).
"Manchester Yunayted" (20,8 mln. funt) va "Everton (19,1 mln. funt) kuchli beshlikdan joy olishdi. "Arsenal" agentlarga 11,2 mln. funt, "Tottenxem" esa 11,1 mln. evro to'ladi.
APL klublari orasida agentlarga eng kam pul sarflagan klub "Kardiff Siti" bo'ldi. Ular futbolchilar vakillariga 2,8 mln. funt o'tkazib berishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar