So’nggi yangiliklar

20:00Дебютдан чемпионлик жангигача: Хамзат Чимаевнинг UFC’даги беш йили қандай ўтди? 0 19:23Ямал ўз хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози? 0 19:02Мағлубиятсиз одимлаётган проф боксчимизнинг кейинги жанги камар учун бўлади 0 18:41Дзюдочиларимиз жаҳон чемпионатига тўлиқ куч билан тайёргарлик кўришмоқда ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0

27 jan 10:46
Yangiliklar

SHaxmat

53 million so'mlik Malibu – SHaxmat federaciyasining ayrim moliyaviy operaciyalari haqida

Teglar :  SHaxmatMalibu
SHaxmat federaciyasi balansidagi Malibu avtomashinasi 53 mln so'mga sotilgan. Uni sotib olgan MCHJ direktori – federaciya raisining birinchi o'rinbosari Husan Turdialiev.

Kun.uz o'z ixtiyoridagi malumotlarga tayanib O'zbekiston SHaxmat federaciyasining moliyaviy faoliyatiga aloqador masalalarni o'rgandi. Azolik badali va homiylik mablag'lari hisobiga faoliyat yurituvchi tashkilotning ayrim moliyaviy operaciyalari etiborni tortdi.

O'zbekiston SHaxmat federaciyasi

53 million so'mga sotilgan «Malibu»

Federaciya o'z ixtiyoridagi 2015 yilda ishlab chiqarilgan «Malibu» rusumli avtotransport vositasini 2021 yil yanvar oyida «Markaziy shaxmat klubi» MCHJga 53,5 million so'mga sotgan.

SHaxmat federaciyasining tasdiqlashicha, «Malibu» «Markaziy shaxmat klubi» MCHJga oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilgan. Federaciya bu narx amaldagi qonunchilikka asosan hisoblangan amortizaciya ajratmasi hamda O'zbekiston SHaxmat federaciyasi ijroiya qo'mitasi qarori asosida belgilanganini malum qildi.

«O'zbekiston SHaxmat federaciyasi NNT bo'lgani sababli o'z faoliyatini qonunchilikka asosan mustaqil amalga oshirilishi sabab, O'zbekiston SHaxmat federaciyasining saylangan va mustaqil faoliyat olib boradigan taftish komissiyasi tomonidan o'rganilib tegishli xulosalar berilgan va yuqoridagi narxga baholangan», deyiladi federaciya izohida.

Masalaning ikki jihati oldi-sotdini rasmiylashtirishda manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan bo'lishi ehtimoli borligini ko'rsatmoqda.

Birinchidan, federaciya mulki o'rtacha bozor narxi (taxminan 150 million so'm)dan qariyb 3 barobar arzonga sotilgan.

Ikkinchidan, ochiq malumotlarga ko'ra, «Markaziy shaxmat klubi» MCHJ direktori Husan Turdialiev bir vaqtning o'zida jamoatchilik asosida SHaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlaydi. «Malibu»ni sotib olgan MCHJ tasischilaridan biri Jahongir Kamolov esa SHaxmat federaciyasining IT-menejeri hisoblanadi.

Federaciya «Markaziy SHaxmat Klubi» MCHJga qariyb 1,8 milliard so'm bergan

Yana bir holat. SHaxmat federaciyasi 2021 yil 12 yanvarida 1,76 mlrd so'm va 14 yanvarida 100 mln so'm, jami 1,86 mlrd so'm miqdoridagi mablag'larni yana o'sha «Markaziy SHaxmat Klubi» MCHJga o'tkazib bergan.

Holatga izoh bergan O'zbekiston SHaxmat federaciyasi ushbu mablag'lar shaxmatni rivojlantirishga doir prezident qarori qabul qilinishi bilan federaciyaga yuklatilgan qo'shimcha vazifalarni bajarish uchun ajratilganini bildirdi.

«Murojaatda keltirilgan mablag'lar PQ-4954 sonli prezident qarori qabul qilinishi va ushbu qaror bilan federaciyaga qo'shimcha vazifalar hamda yuklamalar berilishi munosabati bilan shaxmat federaciyasi o'zining ayrim vazifalarini o'z tasisligidagi MCHJga o'tkazgan va ushbu vazifalarni bajarish uchun Ijroiya qo'mita qarori bilan tegishli mablag'larni o'tkazib bergan.

Ushbu mablag'lar na qaytarish sharti bilan va na beg'araz asosda berilgan. Ushbu summa aniq vazifalarni amalga oshirish hamda shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish uchun qatiy nazorat ostida berilgan», deyiladi federaciya Kun.uz'ga taqdim qilgan javobda.

Quyida federaciya malumotlari asosida «Markaziy SHaxmat Klubi» MCHJga o'tkazib berilgan 2 milliard so'mga yaqin mablag'lar nimalarga sarflangani bo'yicha ayrim malumotlar keltiriladi:

  • bolalar uchun shaxmatdan video darslarni tasvirga olish va tayyorlash xizmatlari uchun fuqaro T.S.ning plastik kartasiga 525 million so'm;
  • «Central chess klub» dasturini ishlab chiqqani uchun yana bir fuqaroning plastik kartasiga 250 million so'm;
  • T.Turdialievaning plastik kartasiga dizaynerlik xizmatlari uchun 11 million 370 ming so'm (T.Turdialieva Husan Turdialievning qizi bo'ladi);
  • Lenovo Ideapad 3 (Intel i5/DDR4 8GB, HDD 1000 GB + SSD 128 GB/ 15,6 FFHD TN/ 2GB GeForce MX330) noutbuklaridan 3 donasi, QQSni ham qo'shib hisoblaganda 44,4 million so'mga sotib olingan (ushbu noutbuklarning taxminiy bozor narxi 7 million so'm atrofida);
  • 1000 varaqqa yaqin FIDE (Xalqaro shaxmat federaciyasi) qoidalari, turli hujjatlar, xatlar va bayonnomalar, yil davomida tashkil qilingan turnir nizomlarining tarjimasi uchun 71,9 million so'm;
  • Klub binosini tamirlash uchun fuqaro O.A.ning plastik kartasiga jami 98,8 million so'm o'tkazib berilgan.

O'zbekiston SHaxmat federaciyasi bosh kotibi Sunnatullo Bozorboev moliyaviy operaciyalarga qo'shimcha izoh berdi.

«Malibu» avtomobili «Markaziy shaxmat klubi»ga sotilgan vaqtda bu tashkilot federaciya qoshida bo'lgan. SHu sababli tashkilot taftish komissiyasi xulosasida – 53,5 million so'mga «Malibu» sotish mumkinligi aytilgan. Keyinchalik, «Markaziy shaxmat klubi» alohida MCHJ bo'lib ajralib chiqqan bo'lsa-da, federaciya tarkibida bo'lgan vaqtidagi rahbari – Husan Turdialiev ko'p yillik tajribasi inobatga olinib, ushbu lavozimda ham qoldirilgan.

«Markaziy shaxmat klubi» MCHJga sotilgan avtomobil ayni vaqtda federaciya binosida turibdi, uni hech kim shaxsiy maqsadlarda ishlatmayapti. Agar, «Malibu» boshqa maqsadlarda ishlatilsa yoki kimgadir sotib yuborilsa, biz uni qaytarib olamiz.

Mablag'lar borasida. Federaciyada bor-yo'g'i 8 nafar xodim ishlaydi. Rais va uning o'rinbosarlari esa jamoatchilik asosida, mablag' olmasdan faoliyat yuritadi. Ularning asosiy boshqa ish joylari bor. Katta turnirlarni tashkil qilish va o'zimizga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarishga imkonimiz etmagani uchun «Markaziy shaxmat klubi» MCHJ tashkil etilgan hamda bu tashkilotga aniq vazifalarni bajarish uchun qatiy nazorat ostida mablag'lar berilgan», dedi Sunnatullo Bozorboev.

Reyting:    

Fikrlar

   
04 fev 23:40:19
Ботир Мансуров
https://youtu.be/bQ3oP9-VQPw
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing