12 okt 08:41
Yangiliklar
SHaxmat
Toshkentda 100 000 dollarlik shaxmat musobaqasi o'tkaziladi
27 noyabr – 7 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 5 - Xalqaro Prezident kubogi bo'lib o'tadi.
Musobaqa FIDE qoidalari asosida “Masters”, “Open-A” va “Open-B” guruhlarida tashkil etiladi. Turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Masters guruhida 2600 va undan yuqori FIDE reytingiga ega shaxmatchilar, Open-A guruhida 2000 va undan yuqori, Open-B guruhida esa 2099 gacha reytingga ega shaxmatchilar ishtirok etishi mumkin.
Musobaqa 9 turdan iborat bo'lib, ishtirokchilarga har bir yurish uchun 30 soniyadan qo'shiladigan 90 daqiqalik vaqt nazorati qo'llaniladi.
Havola :
Manba : UzChess
Fikrlar