06 apr 09:21
Yangiliklar
6 aprel - Xalqaro Sport kuni!
2013 yilning 23 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida bir ovozdan 6 aprel sanasini Taraqqiyot va tinchlik yo'lida Xalqaro Sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace) sifatida nishonlash to'g'risidagi qaror qabul qilingan.
O'sha tarixiy kunda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun jahon hamjamiyatiga murojaat yo'llagan edi:
"Sayyoramizning har bir fuqarosini bugun biz boshlagan harakatni qo'llab-quvvatlashga chaqiraman. Sportga oshno bo'ling va safimizning kengayishiga xizmat qiling! Aynan sport hayotimizni yanada yorqinlashtiradi".
O'zbekistonda ham ushbu sana tashkil etilganidan buyon nishonlab kelinadi. Joylarda turli darajadagi tadbirlar o'tkaziladi. Vaziyat taqozosi bilan bu yil UYDA QOLIB, uy sharoitida jismoniy mashg'ulotlarni bajarsak, nafaqat sananing nishonlanishi, balki o'z salomatligimiz uchun qayg'urgan bo'lamiz.
Fikrlar