So’nggi yangiliklar

10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0

08 avg 21:03
Yangiliklar

Tadbirlar

60 yoshni qarshi olgan Po'lat Usmonovga MOQning esdalik medali taqdim qilindi

Teglar :  Po'lat Usmonov
Taniqli mutaxassis, O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov 60 yoshni qarshi oldi.

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida Po'lat Akramovichni taqdirlashga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, bir guruh sport fidoyilari, yubilyarning shogirdlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastavval Oybek Omilovich hamda SHerzod Rixsibaevich so'z olib, P.Usmonovning uzoq yillardan beri yurtimiz sporti rivojiga qo'shib kelayotgan hissasi, xususan, O'zbekiston taekvondo ITF va O'zbek jang sanati federaciyalaridagi ko'p yillik faoliyati haqida to'xtalib o'tishdi. Ayniqsa, milliy sport turlarimizni tiklash va ularni yoshlar orasida keng targ'ib qilishdagi jonbozligi haqida alohida gapirishdi. SHundan so'ng ananaga muvofiq, Po'lat Akramovichga MOQning esdalik medali topshirildi.

Tadbir davomida Kengash raisi Bahodir Maxsitov, Kasaba uyushmalari federaciyasi masuli Bahodir Tadjiev, Milliy Paralimpiya qo'mitasi vakillari hamda yubilyarning shogirdlari ham so'zga chiqib, Po'lat Usmonovga o'zlarining samimiy dil-izhorlari yo'llashdi. Ko'rsatilgan bunday etibor va g'amxo'rlikdan mamnun bo'lgan P.Usmonov bundan keyin ham yoshlarimiz orasida milliy sport turlari va sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirish yo'lida bor kuch-g'ayratini ishga solishga vada berdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing