07 apr 12:49
Yangiliklar

7 aprel - Butunjahon Salomatlik kuni!
Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti 1948 yil 7 aprel kuni tashkil topgan. Ushbu sana Jahon salomatlik kuni sifatida butun dunyoda bayram qilinadi, turli akciya va tadbirlar o'tkaziladi. Xususan, yurtimizda ham keng aholi qatlamini qamrab oluvchi kichik marafon, sport musobaqalari tashkil etiladi.
Afsuski, bu yil koronavirus pandemiyasi sabab sayyoramizda ushbu kun keng nishonlaymandi. Vaziyat uyda o'tirishni, ko'chaga chiqmaslikni, ommaviy tadbirlarni umuman o'tkazmaslikni talab etmoqda.
SHunday bo'lsa-da, uy sharoitida engil mashg'ulotlarni bajarib, o'z salomatligimizni yanada mustahkamlashga, bu bilan nafaqat o'zimiz, balki jamiyat taraqqiyoti uchun ham xissa qo'shishimiz mumkin. Faqat sog'lom bo'lsakkina, ezgu ishlarni amalga oshira olamiz. Buning uchun esa doimiy ravishda harakatda bo'lmog'imiz, sport bilan shug'ullanishimiz talab etiladi.
O'zingizni va oila azolaringizni asrang!
Fikrlar