11 iyu 18:19
Yangiliklar
Futbol
75 yoshli Pele uchinchi marta uylandi, bu safar 50 yoshli xurliqoga
75 yoshli futbol afsonasi Pele uchinchi marotaba uylandi. Bu safar braziliyalik sobiq futbolchi 50 yoshli Marsiya Sibel Aoki bilan hayot yo'llarini bog'ladi.
Aslida
Pele asil kelib chiqishi yaponiyalik bo'lgan bu tadbirkor ayol bilan o'tgan asrning
80-yillarida Nyu-Yorkdagi bazmu jamshidlarning birida tanishishgan edi. Lekin
o'shanda munosabatlar jiddiy bo'lmagandi.
2010
yili bu juftlik tasodifan yana uchrashib qolishdi. Tasodifni qarangki, Pele va Aokining
uchrashuvi ko'p qavatli binolardan birining liftida sodir bo'ldi. O'sha uchrashuvdan
keyin juftlik boshqa ajralishmadi.
Ikki yoshning nikoh kechasi San-Paulu shtatida bo'lib o'tdi. Marosimga 120 kishi taklif etilgandi. Pelening avvalgi rafiqalaridan 5 nafar farzandi bor.
Havola :
Fikrlar