01 okt 11:29
Yangiliklar
Futbol

9 yoki 10! SHomurodov "Jenoa"da qaysi raqamni tanlaydi?
O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov yaqin vaqt ichida Italiyaning "Jenoa" klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Futbolchi yangi klubi safida o'zining sevimli 14-raqamida o'ynay olmaydi. Sababi ushbu raqam jamoa himoyachisi va vice-sardori Daveide Biraskiga tegishli.
"Jenoa"da 6, 7 va 12-raqamlar hech kimga berilmaydi. Ayni paytda 9 va 10-raqamlar bo'sh. O'tgan mavsum 9-raqamda "Betis"ga o'tib ketgan Antonio Sanabriya o'ynagandi. 10-raqam ostida "Benevento"ga ketgan Yago Falke harakat qilgandi. Katta ehtimol bilan SHomurodov "Jenoa"da 9 yoki 10-raqamni oladi.
Malumot uchun, Eldor O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 9, "Bunyodkor"da malum vaqt 10-raqamda o'ynagandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar