03 dek 10:05
Yangiliklar
Futbol

A Ceriya. “Roma” o'z maydonida “Inter”ni mag'lub eta olmadi
Italiya chempionatining 14-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv Rimda “Roma” hamda Milanning “Inter” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.
O'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. “Inter” safida Balde Keyta va Mauro Ikardi o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'ydi. Mezbon “Roma” safida esa Jengiz Under hamda Aleksandr Kolarov o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga erishdi.
“Roma” – “Inter” 2:2
Gollar: 0:1 – 37 Balde Keyta, 1:1 – 51 Under, 1:2 – 66 Ikardi, 2:2 – 74, penalti Kolarov.
Roma – Olsen, Santon (Klyuyvert, 69), Manolas, Jezus, Kolarov, Kristante, Nzonzi, Under (Pastore, 83), Dzanolo (Perotti, 77), Florenci, SHik.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, SHkrinyar, Asamoa, Valero (Vesino, 80), Brozovich, Joau Mariu, Balde (Politano, 62), Ikardi, Perishich (Martines, 80).
Ogohlantirishlar: Asamoa (48), Kolarov (79).
Havola :
Fikrlar