17 fev 08:15
Yangiliklar

A Seriya. "Inter" peshqadamlikni boy berdi
Turni yakunlovchi uchrashuv Rimda "Lacio" hamda Milanning "Inter" klublari o'rtasida o'tkazildi. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoalar o'rtasidagi bahsda poytaxt klubining qo'li baland keldi 2:1.
Ushbu mag'lubiyat natijasida tur boshlanishidan oldin A Seriya etakchisi bo'lib turgan "neradzurrilar" 3-o'ringa tushib ketishdi. "Lacio" esa ikkinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.
Lacio – Inter 2:1
"Stadio Olimpiko"
Gollar: 0:1 – 44 Yang, 1:1 – 50, penalti Immobile, 2:1 – 69 Milinkovich-Savich.
Lacio – Strakosha, Acherbi, Radu, Luis Felipe, Milinkovich-Savich, Marushich, Luis Alberto, Leyva (Kataldi, 80), Xoni Rodriges (Laccari, 63), Immobile, Kaysedo (Korrea, 63).
Inter – Padelli, Godin (Sanches, 86), de Vrey, SHkrinyar, Yang, Barella, Brozovich (Eriksen, 77), Vesino, Kandreva (Mozes, 76), Martines, Lukaku.
Ogohlantirishlar: de Vrey (49), Leyva (51), Luis Felipe (57), Godin (79), Laccari (90).
Fikrlar