03 okt 16:42
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/89139_220.jpg)
A Seriya klubi xo'jayini vafot etdi
"Sassuolo" xo'jayini Jorjo Skvinci vafot etdi.
"Milan" muxlisi va Mapei kompaniyasi xo'jayini "Sassuolo" futbol klubini 2002 yilda xarid qilgan edi. Uning qo'l ostida jamoa S2 Seriyadan A Seriyagacha ko'tarildi. Jamoa 2015/16 yilgi mavsumda Eusebio Di Franchesko murabbiyligida "Sassuolo"ni ilk bor evrokubokka olib chiqdi.
Skvinci oxirgi vaqtlarda og'ir kasallikka chalingan va shu sababli klub boshqaruvini o'z xodimlariga topshirgan edi. "Sassuolo" 6-turdan so'ng A Seriyada 15-o'rinda bormoqda. Roberto De Zerbi jamoasi hisobida 6 ochko bor.
Havola :
Fikrlar