22 jan 07:45
Yangiliklar

A Seriya. "Milan" o'z uyida "Napoli"ga yutqazdi
Milan shahridagi "San Siro" stadionida o'tkazilgan Italiya A Seriyasining 21-tur markaziy bahsida "Napoli" "Milan"ni mag'lubiyatga uchratdi.
"Napoli" uchrashuv debyutidayoq tezlik bilan ikki marotaba Donnarumma qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Dastlab 6-daqiqada Insine o'zining ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi.
To'qqizinchi daqiqada Kalexon hisobni yiriklashtirdi. O'yinning 37-daqiqasida Kucka oradagi farqni bittaga qisqartirdi. Ikkinchi bo'limda ustunlik "Milan" tarafida bo'lsada, qolgan vaqt davomida mezbonlar muvozanatni tiklashga ulgurishmadi.
SHu tariqa "Napoli" Milan safaridan muhim uch ochko bilan qaytdi. Joriy mavsumda "Napoli" har ikkala bellashuvda ham raqibidan ustun keldi.
Italiya A seriyasi. 21-tur
Milan – Napoli 1:2 (1:2, 0:0)
Juzeppe Meacca (San-Siro)
Gollar: 0:1 – 6 Insine, 0:2 – 9 Kalexon, 1:2 – 37 Kucka.
Milan – Donnarumma, Gomes, Kalabriya, Abate, Paletta, Kucka, Sosa (Bertolachchi, 74), Bonaventura, Pashalich (Nyang, 86), Suso, Bakka (Lapadula, 73).
Napoli – Reyna, Tonelli, Strinich, Xyusay, Albiol, Mertens, Allan (Rog, 86), Kalexon, Gamshik (Zelinski, 74), Insine, Jorjino (Diavara, 61).
Ogohlantirishlar: Mertens (12), Kalabriya (22), Sosa (26), Strinich (38), Tonelli (45), Gomes (51), Bakka (56), Kalexon (82).
Fikrlar