12 noy 04:17
Yangiliklar

A Seriya. Milanda turning markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi
Juzeppe Meacca nomli "San-Siro" stadionida deyarli 80 000 muxlis ko'z o'ngida o'tgan o'yin kutilmagan natija bilan yakunlandi. Mario Manjukich 8-daqiqada hisobni ochdi. Krishtianu Ronaldu 81-daqiqada ikkinchi golni kiritdi. 83-daqiqada esa hakamga baqirgani uchun "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Gonsalo Iguain maydondan chetlatildi.
Italiya chempionati. 12-tur
Milan – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 8 Manjukich, 0:2 – 81 Ronaldu.
Milan – Donnarumma, Abate (Borini, 74), Sapata, Romanoli, Rodriges, Suso, Kessie, Bakayoko, CHalxanoglu (Laksalt, 74), Kastilexo (Kutrone, 62), Iguain.
Yuventus – SHchensni, Joau Kanselu, Benatiya, Kellini, Aleks Sandro, Bentankur, Pyanich (Xedira, 74), Matyuidi, Dibala (Duglas Kosta, 79), Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Benatiya (34), Bakayoko (61), Iguain (83), Borini (87).
CHetlatish: Iguain (83).
Fikrlar